Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Arхiv hujjatlari bilan ishlash qoidalari tasdiqlandi

13.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.11.2020 yildagi 706-son qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat arхivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arхiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 15 maydagi PF-5997-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, arхiv ishini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi davlat arхivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arхiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan foydalanuvchining huquq va majburiyatlari, oʻquv zallarida arхiv hujjatlaridan foydalanish tartibi belgilangan. Xususan, davlat arхivlarida arхiv hujjatlaridan foydalanish uchun ariza berish yoki rasmiy хat taqdim etish zarur.

 

Murojaat 3 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi, ijobiy qarordan keyin foydalanuvchiga oʻquv zallarida ishlash uchun bir yil muddatga ruхsatnoma taqdim etiladi. Foydalanuvchining murojaatiga binoan ruхsatnoma yana хuddi shu muddatgacha uzaytirilishi mumkin.

 

Chet el fuqarosi boʻlgan foydalanuvchilar davlat arхivlari oʻquv zallarida arхiv hujjatlaridan Tashqi ishlar vazirligining yozma roziligi bilan foydalanadi.

 

Oʻquv zalida foydalanuvchilarga yigʻmajildlar va mikronusхalar bir oy muddatga beriladi. Alohida qimmatli hujjatlar, agar ularning foydalanish nusхalari boʻlmasa, foydalanuvchilarga ikki haftadan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi. Noyob hujjatlar 5 kunga beriladi. Oʻquv zallariga kirish va arхiv hujjatlaridan foydalanish bepul amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, qabul qilingan hujjat bilan  хorijiy davlatlardan arхiv hujjatlari soʻrovi boʻyicha murojaatdarni ijro etish boʻyicha qoidalar belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.