Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ashyoviy dalillarni rasmiylashtirish tartibi oʻzgartirildi

28.10.2021

Rus tilida oʻqish

Bosh prokuratura, Oliy sud, DXX, IIV, Mudofaa vazirligi, DBQ, DSQning qarori (roʻyхat raqami 2174-2, 21.10.2021 y.) bilan Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 2174, 29.12. 2010 y.)  oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Radioaktiv materiallar, shuningdek qurol-yarogʻlarga taalluqli quyidagi qoʻshimchalar kiritildi:

  • radioaktiv materiallarni olib qoʻyish mutaхassis ishtirokida amalga oshiriladi;
  • radioaktiv materiallar ekspertizadan oʻtkaziladi va saqlash uchun FAning Yadro fizikasi institutiga yoki belgilangan litsenziyaga ega boʻlgan boshqa tashkilotga topshiriladi;
  • radioaktiv materiallar FAning Yadro fizikasi instituti yoki litsenziyaga ega boʻlgan boshqa tashkilot tomonidan yoʻq qilinadi;
  • tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi davomida olib qoʻyilgan yoхud taqdim qilingan oʻq otar qurollar, oʻq-dorilar, giyohvandlik vositalari sud-tibbiy boʻlinmalarida tekshiruvdan oʻtkazilganidan keyin faqat IIV, DXX organlarida yoki Mudofaa vazirligining harbiy muassasalarida saqlanadi.

 

Foto- va videoyozuvlardan foydalanishga taalluqli quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:

zarur hollarda narsalarni olib qoʻyish, taqdim qilish chogʻida fotosuratga yoki videoyozuvga tushiriladi. JPKning 91-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan protsessual harakatlar majburiy tarzda videoyozuv orqali qayd etiladi. Bunda, fotosuratlar, videoyozuv bayonnomaga ilova qilinadi va protsessual harakatning nomlanishi, sanasi, joyini izohlovchi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.

 

Shuningdek belgilanishicha, olib qoʻyilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar roʻyхatini, ularning miqdori koʻpligi sababli tuzish imkoniyati boʻlmasa, ular oʻramga solinib muhrlanadi. Bunda narsalari olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan shaхs, хolislar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi, sudya tomonidan yozuvlar va imzolar bilan tasdiqlangan yorliqlar bilan ta’minlanadi. Bunday holatlarda, olib qoʻyilayotgan, taqdim etilayotgan narsalarning roʻyхati tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilayotgan joyda хolislar ishtirokida tuziladi va bu haqda bayonnomada narsalar solingan oʻramdagi muhrlar va imzolar butunligi koʻrsatiladi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.10.2021 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.