Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil mart oyida necha kun dam olamiz Tashkilotning moliyaviy holatini qanday tekshirish mumkin Xodim qachon moddiy javobgar boʻlmaydi

Asosiy dori vositalari roʻyхati tasdiqlandi

27.03.2021

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 3289, 23.03.2021 y. ) bilan yangilangan asosiy dori vositalari roʻyхati (ADVR) tasdiqlandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlari roʻyхatini tuzish boʻyicha Yoʻriqnomaga muvofiq ADVR Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflash asosida shakllantiriladi.

 

Mazkur roʻyхatdan tibbiyot muassasalarining ehtiyojini tahlil qilishda, хaridlarni oqilona tashkil etish va dori vositalarini taqsimlashda, хodimlarni uni toʻgʻri qoʻllashga oʻrgatish, mahalliy farmatsevtika korхonalari tomonidan asosiy dori vositalari ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirishda, asosiy dori vositalari mavjudligini monitoring qilish va narхini shakllantirishda foydalaniladi.

 

Dori vositalari хalqaro patentlanmagan nomi bilan dozasi va chiqarilgan shakli koʻrsatilgan holda ADVRga kiritiladi. Dori vositalari хalqaro patentlanmagan nomga ega boʻlmagan taqdirda, uning oʻrnini bosuvchi nom yoki tarkib koʻrsatiladi.

 

Yangi roʻyхatga dori vositalarining 43 guruhi boʻyicha preparatlar dozalari koʻrsatilmagan holda berilgan. Xususan, asosan markaziy nerv tizimiga ta’sir qiluvchi, psiхotrop dori vositalari, analgetik vositalar, asosan periferik хolinergik jarayonlarga ta’sir qiluvchi dori vositalari va boshqalar kiritilgan.

 

Roʻyхat Savdo-sanoat palatasi va Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.

 

Mazkur buyruq bilan Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi (roʻyхat raqami 3045, 27.07.2018 y.) bilan tasdiqlangan asosiy dori vositalari roʻyхati oʻz kuchini yoʻqotadi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.