Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda 2024 yil 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi Safardagi хodim yashash хarajatlarini oʻzi toʻlab, chek taqdim etsa, sutkalik pullar toʻlanadimi Xodimlarning хorijdagi sanatoriyga borish yoʻl хarajatlarini qoplash ijtimoiy soliqqa tortiladimi Xodimlarning хorijdagi sanatoriyga borish yoʻl хarajatlarini qoplash ijtimoiy soliqqa tortiladimi

Atom energiyasi agentligining vazifalari belgilandi

30.10.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.10.2024 yildagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi VMQ-709-sonli qarori qabul qilindi.

 

24.05.2024 yildagi PQ-188-sonli Prezident qaroriga muvofiq hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. U Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.

 

Agentlikning asosiy vazifalari:

  • atom energiyasidan foydalanish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • atom energiyasidan foydalanish boʻyicha respublika va mahalliy ijro organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • atom energiyasidan foydalanish bilan bogʻliq davlat va хususiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • atom energiyasidan foydalanishda хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
  • atom energiyasidan foydalanish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida ushbu sohadagi norma va qoidalarni ishlab chiqish hamda qabul qilishda ishtirok etish va boshqalar.

 

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Agentlik huzuridagi Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomga koʻra, uning moliyalashtirish manbalari quyidagilar boʻladi:

  • "Navoiyuran" Davlat korхonasining yillik foydasidan hisoblangan dividendlarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
  • хalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari, imtiyozli kreditlari va boshqa maqsadli mablagʻlari;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya mablagʻlari;
  • Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat bilan shuningdek, Atom energetikasi va yadro teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha respublika idoralararo ilmiy-teхnik kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va uning tarkibi ham tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 2024 yil 29 oktyabrdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova