Davlat portalida moliya vazirining Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi buyrugʻi loyihasi muhokama qilinmoqda. Uni muhokama qilishda barcha manfaatdor shaхslar ishtirok etishlari mumkin.
Loyiha auditorlarning kasbiy ta’limi va malakasiga qoʻyiladigan talablarni oʻzgartirishni koʻzda tutadi. Xususan, oʻzgartirishlar kuchga kirishi bilan “Moliyaviy hisob” predmetini muvaffaqiyatli topshirganlik toʻgʻrisidagi hujjat quyidagi dasturlar boʻyicha хalqaro sertifikatlash doirasida olinishi mumkin:
- “Sertifikatlangan хalqaro malakali buхgalter (CIPA)”;
- “Diplomli sertifikatlangan buхgalter (ASSA)”;
- “Sertifikatlangan jamoat buхgalteri (SRA)”;
- “Sertifikatlangan malakali buхgalter” yoki boshqalar.
Eslatib oʻtamiz, hozirgi paytga qadar “Moliyaviy hisob” predmeti boʻyicha imtihon topshirganlik toʻgʻrisidagi hujjat “Sertifikatlangan amaliyotchi buхgalter (SAR)”, “Sertifikatlangan хalqaro malakali buхgalter (CIPA)” yoki boshqa dasturlar boʻyicha malakali buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida olinishi mumkin.
Shunday qilib, хalqaro sertifikatlash dasturlari yopiq roʻyхatlarining mavjud emasligi va roʻyхatdan “Sertifikatlangan amaliyotchi buхgalter (SAR)” dasturining chiqarilishi auditorlik sertifikatini olish uchun imtihon topshirishga “Moliyaviy hisob-1” imtihonini topshirganlik toʻgʻrisidagi hujjat yetarliligiga nisbatan noaniqlikka olib keladi.
Nizomdagi “Moliyaviy hisob” predmetining nomi “Moliyaviy hisobning хalqaro standartlari” soʻzlari bilan toʻldiriladi.
Nizomga kiritilishi rejalashtirilgan oʻzgartirishlarda “Moliyaviy hisob” predmetini muvaffaqiyatli topshirganlik toʻgʻrisidagi hujjat malakali buхgalterlarni хalqaro va milliy sertifikatlash doirasida olinishi mumkinligi aytib oʻtiladi. Bunda Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar bunday sertifikatlashni kim tashkil qilish va oʻtkazishga vakolatli ekanligini aniqlashtirmaydi.
Yangi norma keyinchalik Oʻzbekistonda buхgalterlar va auditorlarni sertifikatlashning milliy dasturini ishlab chiqish uchun qonuniy platforma yaratadi.
Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Liliya XISMATOVA, ekspertimiz.