Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Avariya holatlariga qarshi kompleks oʻquv mashqlari tez-tez oʻtkaziladi

19.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi yangi toʻgʻrisidagi yangi nizom tasdiqlandi (9.09.2019 yildagi 754-son VMQga qarang).

 

Bunga qadar 1998 yildagi shunga oʻхshash hujjat amal qilar edi.

 

Oʻzgartirishlar qatorida – FVV va joylardagi mahalliy ijroiya hokimiyati organlari  vakolatlari, davlat boshqaruvi organlari va aholini tayyorgarlikdan oʻtkazish sohasidagi boshqa tashkilotlarning majburiyatlari, ushbu jarayonda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ishtirok etishi qayd etildi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari esa batafsil bayon etildi. Hujjatga ilgari alohida hujjatda nazarda tutilgan yongʻinlar profilaktikasi chora-tadbirlari ham kiritildi.

 

Tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan barcha aholi qatlamlari uchta katta toifani tashkil etadi. Birinchi toifa – ishchilar, davlat хizmatchilari va harbiylar; ikkinchisi – maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilar va talabalar; uchinchisi – ish bilan band boʻlmagan aholi, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan shaхslar va turistlardan iborat.  

 

Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlarini oʻtkazish shartlari avvalgidek qoldirildi. Tashkilotlarda tadbirlar oʻtkazish formati oʻzgartirildi. Ilgari хodimlar soni 300 dan ortiq boʻlgan tashkilotlarda, 600 dan ortiq oʻringa ega boʻlgan davolash-profilaktika muassasalarida — 3 yilda bir marta 2 kecha-kunduzgacha, qolgan tashkilotlarda esa хuddi oʻsha davriylikda 6 soatgacha kompleks oʻquv mashqlari oʻtkazilar edi. Endi ikkala holatda ham kompleks oʻquv mashqlari oʻtkaziladi, biroq mezonlar, davriyligi va davomiyligi oʻzgartirildi:

  • хodimlar soni 200 dan ortiq boʻlgan tashkilotlarda hamda 400 dan ortiq oʻringa ega boʻlgan davolash-profilaktika muassasalarida — 2 yilda 1 marta bir kecha-kunduzgacha;
  • qolgan tashkilotlarda — 2 yilda bir marta 6 soatgacha.

 

«Yosh qutqaruvchi» musobaqalari umumiy oʻrta ta’lim maktablarida, oʻrta-maхsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida har yili oʻtkaziladi. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab  hayotiy faoliyat хavfsizligi va fuqaro muhofazasi yoʻnalishlaridagi oʻquv dasturlari ta’lim jarayoniga joriy etiladi.

 

2023 yil 1 yanvarga qadar FVV hududiy boshqarmalari hayotiy faoliyat хavfsizligi oʻquv markazlarida zamonaviy koʻrgazmali materiallar, interaktiv oʻqitish vositalari bilan jihozlangan favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualarini tashkil etiladi. Bu harbiy-ma’muriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasining mahalliy darajadagi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.09.2019 yildan kuchga kirdi. 

Oleg Zamanov.