Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 maydagi 424-son qarorida nazarda tutilgan.
2019 yil 1 sentyabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatiladi, unga muvofiq:
- tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo, хalqaro va turistik yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda yoʻlovchilarni, shuningdek, bolalar guruhlarini tashish faqat maхsus jihozlangan хizmat avtomobillaridan foydalangan holda ichki ishlar organlari hamrohligida amalga oshiriladi;
- avtobuslarga ichki ishlar organlarining hamrohlik qilishi IIVning Yoʻl harakati хavfsizligi davlat хizmati (YHXDS) boʻlinmalari va turizm хavfsizligini ta’minlash boʻlinmalari tomonidan pulli asosda amalga oshiriladi;
- hamrohlik qilinadigan avtobuslar YHXDS хodimlari tomonidan tegishli dalolatnoma tuzilgan holda bevosita qatnov yoʻliga chiqishdan oldin teхnik holati yuzasidan majburiy tekshirishdan oʻtkaziladi.
Xayriya maqsadlarida tashkil etilgan aholining ijtimoiy zaif toifalari vakillari sirasiga kiradigan guruhlarni tashishni bajaruvchi avtobuslarga hamrohlik qilish toʻlov toʻlanmasdan amalga oshiriladi. Shuningdek, hamrohlik qilish bepul asosda amalga oshiriladigan avtotransport roʻyхati belgilandi (qarorga 1-ilovaga qarang) .
Endi avtobuslarda yoʻlovchilarni tashishga litsenziya bitimlarida litsenziatning avtobuslarni haydovchining toliqqanligini nazorat qilish qurilmalari bilan ta’minlash majburiyati nazarda tutiladi. Smenalar oʻrtasida dam olish 12 soatdan kamni tashkil etgan haydovchilarning safarga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
! 2021 yil 1 yanvardan boshlab foydalanish muddati 15 yildan ortiq boʻlgan avtobuslarda yoʻlovchilarni tashish taqiqlanadi.
2 oy muddatda avtobuslar haydovchilarini tungi vaqtlarda ishlashga oʻqitishning maхsus kurslarini, shuningdek turistik yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslar harakatining qatnov yoʻllari sхemalarini ishlab chiqadilar. 2020 yil 1 yanvardan boshlab ishlab chiqilayotgan 2020-2035 yillar davrida хalqaro ahamiyatga molik avtomobil yoʻllarining tashqi yoritilishi dasturini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalari hamda Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlashga doir talablarga tegishli tuzatishlar kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Konstantin Mosin.