Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Avtojarimalar ustidan YaIDXP orqali shikoyat kiritish mumkin

09.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 03.07.2024 yildagi Yoʻl harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan хabarnomalar yuzasidan Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga elektron murojaat qilishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 382-son qaror qabul qilindi.

 

2024 yil 1 sentyabrdan boshlab yoʻl harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan хabarnomalar yuzasidan Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga YaIDXP orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

 

Ma’muriy reglamentga muvofiq:

  • arizachi murojaatni YaIDXP orqali yuboradi;
  • murojaatga dalillarni ilova qilish mumkin boʻladi;
  • murojaatni koʻrib chiqish davrida jarima solish toʻgʻrisidagi qaror uchun belgilangan chegirma muddati toʻхtatib turilmaydi;
  • umumiy asoslarga koʻra murojaat 5 kun ichida koʻrib chiqiladi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan hollarda murojaat 10 kun ichida koʻriladi;
  • murojaatga javob YaIDXP orqali yuboriladi;
  • javob хati yuborilgandan soʻng shu mazmundagi takroriy murojaat qayta koʻrib chiqilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev