Vazirlar Mahkamasining 18.09.2017 yildagi 739-son qarori bilan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoхud uning qismlariga beriladi.
Ilgari mustaqil litsenziyalanadigan yuklarni shaharda, shuningdek shahar atrofida tashishlar birlashtirildi. Endi shahar va shahar atrofida avtomobilda yuk tashish uchun bitta litsenziya hamda shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar uchun alohida-alohida litsenziya olish mumkin.
Yuk tashishning barcha turlari uchun avvalgidek umumiy litsenziya endi berilmaydi (shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro – tahr.).
Litsenziya berish uchun davlat boji stavkalari litsenziya (litsenziya kartochkasi) uchun toʻlov amalga oshirilgan kunda belgilangan EKIHga karrali miqdorda oʻrnatildi. Ilgari stavkalar AQSh dollarida belgilanar edi.
Faoliyat turlari |
Sigʻimi (yoʻlovchi oʻrindigʻi va yuk koʻtarish qobiliyati, tonna) |
Avtomototransport vositasi |
|
1) yoʻlovchilarni shaharda tashish |
avtobuslar |
14 oʻringacha |
1,0 |
14 oʻrindan ortiq |
2,5 |
||
mikroavtobuslar |
transport vositasi birligi uchun |
8,0 |
|
yengil avtomobillar |
4 oʻringacha |
2,0 |
|
4 oʻrindan ortiq |
3,5 |
||
2) yoʻlovchilarni shahar atrofida tashish |
avtobuslar |
19 oʻringacha |
2,0 |
19 oʻrindan ortiq |
4,0 |
||
mikroavtobuslar |
transport vositasi birligi uchun |
8,0 |
|
yengil avtomobillar |
4 oʻringacha |
2,0 |
|
4 oʻrindan ortiq |
3,5 |
||
3) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish |
avtobuslar |
30 oʻringacha |
6,0 |
30 oʻrindan ortiq |
16,5 |
||
mikroavtobuslar |
transport vositasi birligi uchun |
19,5 |
|
yengil avtomobillar |
transport vositasi birligi uchun |
5,5 |
|
4) yoʻlovchilarni хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish |
avtobuslar |
12 oʻrindan ortiq |
28,0 |
mikroavtobuslar |
transport vositasi birligi uchun |
22,0 |
|
yengil avtomobillar |
transport vositasi birligi uchun |
7,0 |
|
5) yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish |
3,5 tonnagacha |
1,0 |
|
3,5 tonnadan ortiq |
2,5 |
||
10 tonnadan ortiq |
4,0 |
||
16 tonnadan ortiq |
5,5 |
||
6) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish |
3,5 tonnagacha |
2,0 |
|
3,5 tonnadan ortiq |
4,0 |
||
10 tonnadan ortiq |
5,5 |
||
16 tonnadan ortiq |
7,0 |
||
7) yuklarni avtomobil transportida хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish |
transport vositasi birligi uchun |
7,0 |
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.