26.12.2016 yildagi OʻRQ–416-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga transport vositasini olib qochganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi va 27.12.2016 yilda kuchga kirdi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Avtomobilni olib qochganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha berishadi
Avtomobilni olib qochganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha berishadi
28.12.2016

Eslatib oʻtamiz, transport vositalarini haydab qochish deganda, oʻziga tegishli boʻlmagan transport vositasini (yengil va yuk avtomashinalarning barcha turi, avtobuslar, maхsus mashinalar, traktorlar, trolleybuslar, tramvaylar, dvigatelining ish hajmi 50 sm3 dan kam boʻlmagan mototsikl va motorollerlar, yoʻl, qurilish, qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan va boshqa oʻziyurar mashinalar) oʻzlashtirish maqsadisiz uni turgan joyidan boshqa joyga olib qochish tushuniladi (Oliy sud Plenumining 20.12.1996 yildagi 37-son «Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida»gi Qarori).
JKning 267-moddasiga oʻzgartirishlar kiritilganidan keyin yuqoridagi jinoyatni sodir etganlik uchun sanksiyalar qay tarzda oʻzgarganini koʻrib chiqamiz (quyidagi jadvalga qarang).
27.12.2016 gacha |
27.12.2016 dan keyin |
||
jinoyat |
sanksiya |
jinoyat |
sanksiya |
Transport vositalarini olib qochish |
3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish |
Transport vositalarini olib qochish |
5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish |
Oʻsha harakat:
- takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;
- bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa |
5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish |
Oʻsha harakat:
- takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;
- bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib;
- transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida oʻgʻrilik yoki talonchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, |
10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish |
Oʻsha harakat:
- oʻta хavfli retsidivist tomonidan
- uyushgan guruh tomonidan
- zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa |
10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish |
Oʻsha harakat:
- oʻta хavfli retsidivist tomonidan;
- uyushgan guruh tomonidan;
- transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa |
15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish |
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi