Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan Davlat boji stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi.
2008 yildan boshlab Oʻzbekistonda yengil avtodan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalarni, oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta, ijaraga berish, tekin foydalanish, garov (kredit tashkilotlari bilan garov shartnomasidan tashqari), lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun oshirilgan stavka qoʻllanilar edi.
U har bir ot kuchi uchun EKIHning 5 baravarini tashkil etgan va:
- foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlaridan хarid qilingan kundan boshlab 1 yildan oshmagan;
- import qilish (olib kelish) sanasidan 1 yildan kam muddat oʻtgan vatanimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan mashinalarga nisbatan amal qilgan.
Endi bu tartib amal qilmaydi. Avtoning “yoshi” hanuz davlat boji miqdoriga ta’sir koʻrsatadi, biroq stavkalar ancha past:
Transport turi
|
Foydalanish muddatiga bogʻliq holda |
||
3 yilgacha |
3 yildan ortiq |
7 yildan ortiq |
|
yuk tashuvchi va yengil avtotransport, shu jumladan, avtobus, traktor, oʻzi yurar mashina
|
EKIHning 10%i
|
EKIHning 7%i |
EKIHning 5%i |
chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport |
EKIHning 30%i |
EKIHning 20%i |
EKIHning 10%i |
Bundan tashqari, jadvalda koʻrsatilgan stavkalar quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda kamaytiriladi:
- er-хotinlar, ota-onalar, bolalar va nabiralar, tugʻishgan aka-ukalar va opa-singillar oʻrtasida - belgilangan stavkaning 5%i miqdorida undiriladi;
- bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan avtoning oldi-sotdisi belgilangan stavkaning 10%i miqdorida undiriladi;
- YTH natijasida shikastlangan avtomototransportning oldi-sotdi, almashtirish va hadya etish - boj miqdori uning yaroqliligining qoldiq foiziga qarab oʻzgartiriladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov.