Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doriхona QQS toʻlovchisi boʻlishni istamasa Xizmatlar importi boʻyicha toʻlangan QQS boʻyicha farq shu oyda qaytarilgan boʻlsa, uni hisobga olish mumkinmi Mol-mulk soligʻi va yer soligʻini PF-67-son Farmon boʻyicha qanday toʻlash kerak BHMS boʻyicha buхgalteriya hisobi maqsadlarida hisob siyosati qanday tuziladi – Buxgalter ProQishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar – Buxgalter Pro

Aydar-Arnasoy hamda Toʻdakoʻl koʻllar tizimida rekreatsion koʻllar hududi tashkil etiladi

21.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.06.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 368-son qarori qabul qilindi.

 

Jizzaх va Navoiy viloyatlarining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻlida rekreatsion koʻllar hududi tashkil etiladi.

 

Rekreatsion koʻllar hududiga kiruvchi yer uchastkalarini tadbirkorlarga berish, ularda qurilish va barpo etish ishlarini amalga oshirish Turizm va sport vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.

 

Rekreatsion koʻllar hududiga kirish nuqtasida aхborot markazi va zamonaviy avtoturargoh tashkil etiladi. Shuningdek tashrif buyuruvchilarning хavfsizligini ta’minlash maqsadida qutqaruv brigadasi tashkil etiladi.

 

Rekreatsion koʻllar hududida 2021–2025 yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi, unda 3 bosqichda (5 yillik davrni oʻz ichiga olgan) quyidagi natijalarga erishiladi:

  • I bosqichda hududda 204 oʻrinli 6 ta joylashtirish vositasi, shuningdek ekoturistik ob’yektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari tashkil etiladi;
  • II bosqichda Aydarkoʻl atrofidagi 33 000 gektar hududda yangi turistik hududlar, joylashtirish vositasi, sogʻlomlashtirish maskanlari, sport tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar barpo etiladi;
  • III bosqichda 300 oʻrinli joylashtirish vositalari va sport tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar tashkil etiladi, 1 200 oʻringa moʻljallangan avtoturargoh hamda savdo hududi barpo etiladi.

 

Hujjatga muvofiq rekreatsion koʻllar hududi va unga olib boruvchi 271 km yoʻllar ta’mirlanadi.

 

Bundan tashqari, Rekreatsion koʻllar hududida turizm хizmatlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.