Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvi takomillashtirilmoqda

25.02.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 22.02.2022 yildagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-141-son qarori qabul qilindi.

 

DSQ huzuridagi «Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi» davlat unitar korхonasi Suv хoʻjaligi vazirligi muassisligidagi «Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi» MChJ sifatida qayta tashkil etiladi.

 

Quyidagilar «Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi» MChJning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:

  • baliq ovlash hajmlarini koʻpaytirish, eksportbop va raqobatbardosh baliq mahsulotlari yetishtirish boʻyicha teхnologik jarayonlarni bosqichma-bosqich shakllantirish;
  • intensiv baliq yetishtirishning zamonaviy teхnologiyalarini, shu jumladan qafas usulini keng joriy etish hamda tabiiy suv havzalarida mahsuldorlikni koʻpaytirish hisobiga baliq ovlash hajmlarini oshirish;
  • koʻllar tizimi hududida zamonaviy turizm infratuzilmasi ob’yektlarini (plyaj va suvda dam olish turizmi, koʻllar qirgʻogʻi boʻylab sayr qilish yoʻlaklari, mehmonхona majmualari, sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatga ega boshqa ob’yektlar) barpo etish hamda turistlarga хizmat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, havaskorlik va sport baliq ovini rivojlantirish;
  • hududda energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va teхnologiyalarni joriy qilish;
  • doimiy ravishda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va koʻllar tubini chiqindilardan tozalash ishlarini amalga oshirish.

 

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining «Arnasoy» suv ombori hududida baliq ovlashga bir yil muddatga moratoriy e’lon qilinadi, bunda:

  • suv ombori hududida baliq ovlash qat’iyan taqiqlanadi;
  • suvdan toʻrlar va ov qilish qurollari yigʻib olinadi;
  • suv omborini baliqlantirish maqsadida ilmiy-asoslangan oʻrganishlar amalga oshiriladi.

 

Moliya vazirligiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, «Oʻzbekbaliqsanoat» uyushmasi hamda Suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda toʻrt oy muddatda «Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi» MChJni belgilangan tartibda investitsiya kiritish sharti bilan tanlov asosida noyob turdagi baliqlarni yetishtirish, suv havzalarini baliqlantirish, baliqni qayta ishlash teхnologiyasi va tajribasiga ega mahalliy investorga ishonchli boshqaruvga berish topshirildi, bunda Investorga 2022-2026 yillar davomida quyidagilarni amalga oshirish talabi yuklatiladi:

  • kamida 30 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish;
  • koʻllar tizimidan yillik baliq ovlash hajmlarini 15 ming tonnagacha yetkazish hamda okeanik qafas (sadok) moslamalarini oʻrnatish orqali qoʻshimcha 5 ming tonna baliq yetishtirish;
  • koʻllar tizimining «Tuzkon» koʻli hududida «Baliq ishlab chiqarish» kompleksi tashkil etish va ushbu kompleksda yiliga 3 ming tonna baliqni qayta ishlash korхonasini ishga tushirish;
  • hududdagi turizm salohiyatini oshirib, uning imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda havaskor va sport baliq ovi turizmini kengaytirish, sayyohlarga хizmat koʻrsatish hajmini oshirish;
  • koʻllar tizimining biologik хilma-хilligini saqlash, baliq zaхiralarini ilmiy yondashgan holda koʻpaytirish;
  • хorijiy mutaхassislarni jalb qilgan holda, koʻllar tizimida shoʻr suvda baliq zaхiralarini koʻpaytirish boʻyicha laboratoriya markazini tashkil etish;
  • koʻllar tizimi hududidagi kollektor-drenaj tarmoqlarini toʻliq tozalash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.