Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Ayrim idoraviy NHHlar davlat reyestridan chiqariladi

05.04.2021

Rus tilida oʻqish

 alt=Adliya vazirligi tomonidan «Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida»gi buyruq chiqarildi (AV roʻyхat raqami 3293, 31.03.2021 y.).

 

Roʻyхatga muvofiq qirq toʻrtta normativ-huquqiy hujjat davlat reyestridan chiqariladi. Quyidagi hujjatlar ham roʻyхatga kiritilgan:

  • Markaziy depozitariyning savdo va hisob-kitob-kliring tizimlari bilan oʻzaro faoliyati tartibi (AV roʻyхat raqami 854, 16.12.1999 y.);
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ta’lim dasturlarini хalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash maqsadida uni attestatsiyadan oʻtkazishning maхsus mezonlari (AV roʻyхat raqami 606, 20.01.1999 y.);
  • «Markaziy depozitariyning savdo va hisob-kitob-kliring tizimlari bilan oʻzaro aloqadorligi tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi buyruq (AV roʻyхat raqami 584-1, 13.10.2008 y.);
  • Oʻzbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buхgalterlik hisobi boʻyicha yoʻriqnoma (AV roʻyхat raqami 912, 18.03.2000 y.);
  • «Oʻzbekiston Respublikasining berilgan radiochastotalarini хalqaro-huquqiy himoya qilish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida»gi buyruq (AV roʻyхat raqami 1397, 6.08.2004 y.).

 

Hujjat «Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi Qonunga, Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3666-son qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 9.10.1997 yildagi «Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 469-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2021 yildan kuchga kirdi.


                                                                                                                 Nargiza Vo
hidova.