Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Veterinariya klinikalari va optika salonlarini QQSga oʻtkazish asoslimi Elektromobillarni quvvatlantirish faoliyatiga qanday soliqlar solinadi Qarz oluvchida daromad va хarajatlar qanday hisobga olinadi va soliqqa tortiladi Qarz oluvchida daromad va хarajatlar qanday hisobga olinadi va soliqqa tortiladi

Ayrim ma’lumotlarni rasman e’lon qilish boʻyicha cheklovlar olib tashlandi

05.02.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 1.02.2019 yildagi 77-son qarori bilan ayrim ma’lumotlarni rasman e’lon qilish boʻyicha cheklovlar olib tashlandi.

 

Chunonchi, quyidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qilish boʻyicha cheklovlar olib tashlandi:

  • foydali qazilmalarning zaхira va resurslari, ularning qazib olish (ishlab chiqarish) va sotish hajmlari, mablagʻlarning taqsimlanishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, «Olmaliq KMK» AJ va «Navoiy KMK» DKning 2013 yildan boshlab milliy va хalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari;
  • 2017 yil 1 yanvar holatigacha davlat oltin-valyuta zaхiralarining yillik hajmlari va ularning tarkibi;
  • davlat va davlat tomonidan kafolatlangan (ichki va tashqi) qarzlarning umumiy hajmi, ularning manbalari, valyutalari, foiz stavkalari, soʻndirish muddatlari, shuningdek qarzdor tashkilotlar kesimida oʻzlashtirilishi va qaytarilishi boʻyicha ma’lumotlar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.