Prezidentning 29.12.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi PQ–3454-son qaroriga 14-ilovaga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Stavkalar quyidagi tarzda qayta koʻrib chiqildi:
Soliq solinadigan ob’yekt nomi
|
Soliq stavkalari, soliq nisbatan %da |
|
23.07.2018 yilgacha |
23.07.2018 yildan |
|
Tozalangan mis |
8,1 |
30,0 |
Metall ruх |
4,0 |
20,0 |
Oltin |
5,0 |
32,0 |
Kumush |
8,0 |
32,0 |
Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning 1 oktyabridan ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ham oshiriladi (batafsil – bu yerda).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov.