Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Ayrim qurilish materiallari va хomashyolarga bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi

17.04.2023

Rus tilida oʻqish

Bu Prezident tomonidan 13.04.2023 yildagi «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-51-son Farmonda  belgilanmoqda.

 

2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar import qilishda quyidagi qurilish materiallari va хomashyolarga bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi:

t/r

Nomi

TIF TN kodi

1.

Portlandsement, glinozem sement, shlakli sement, supersulfatli sement yoki oʻхshash gidravlik sementlar, boʻyalmagan yoki boʻyalgan sement, tayyor yoki klinker shaklidagi sement

 

2523

 

2.

Yogʻoch materiallar

 

4407 19 98 00

3.

Yogʻoch-qirindili plitkalar

4410 11 10 00

4411 13 90 00

 

4.

Yelimlangan fanera, faneralangan panellar va analogik qatlamli yogʻoch

 

4412 39 00 00

 

5.

Beton quyish uchun qoliplar

4418 40 00 00

6.

Energiya tejamkor bazalt qoplamalari

6806 10 00 08

7

Issiqlik bilan polirovkalangan shisha va yuzasi shlifovkalangan yoki polirovkalangan shisha

 

7005 29 25 00

7005 29 35 00

7005 29 80 00

 

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.04.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.