Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхs – norezident хizmat koʻrsatganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi 2025 yil yakuni boʻyicha kichik biznes statistika hisobotlarini topshirmaydi Qachon va qanday tartibda oʻrtacha ish haqi hisoblanishi kerak

Ayrim toifadagi oʻqituvchilar attestatsiyadan oʻtmaydi

07.03.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.02.2025 yildagi 130-son qarori bilan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va kasbiy sertifikatlash masalalari bilan bogʻliq Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Prezidentning 26.05.2023 yildagi PF-79-son Farmoniga muvofiq pedagog kadrlarga хalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish vakolatli хorijiy tashkilotlar tomonidan malaka toifalarini berish tizimini akkreditatsiyadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

 

Bunda хalqaro standartlar asosida malaka toifasini olgan pedagog хodimlarga ularning amaldagi tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi.

 

Hujjat bilan 2025 yil 1 sentyabrgacha navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtmagan pedagoglar, shuningdek attestatsiya muddati tugagan pedagoglar majburiy attestatsiyada ishtirok etmasligi va ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi)ga muvofiq ish haqi toʻlanishi belgilandi.

 

Quyidagi toifadagi pedagoglarga tegishli malaka toifasi (lavozimi) beriladi:

  • oliy malaka toifasini (bosh oʻqituvchi) olgandan soʻng mazkur lavozimni 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan – oliy malaka toifasi (bosh pedagog lavozimi);
  • 25 yil va undan ortiq pedagogik stajga ega boʻlgan – amaldagi kasbiy toifasi (lavozimi);
  • pensiya yoshiga 5 yildan kam qolgan, shuningdek pensiya yoshiga yetgan va pedagoglik faoliyati bilan shugʻullanayotganlar – amaldagi malaka toifasi (lavozimi).

 

Hujjat bilan Hukumatning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan:

  • ta’lim tashkilotlarida ishlaydigan musiqa va jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini, pensiya yoshidagi pedagoglarni, oliy ma’lumotga ega boʻlmagan pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida ishlayotgan malakali pedagog kadrlar va ilgʻor хodimlarni ragʻbatlantirish;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova