Vazirlar Mahkamasi 09.08.201 yildagi “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 507-son qarorni qabul qildi.
Qaror bilan “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro elektron hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda “Aziz-ayol.uz” milliy platformasining asosiy vazifalari belgilangan. Xususan, ushbu platforma orqali:
- хotin-qizlar, shu jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan хotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etishga yordam beriladi;
- vazirlik va idoralardan хotin-qizlar bilan bogʻliq ma’lumotlar tezkor yigʻiladi va real vaqt rejimida tahlil qilinadi;
- хotin-qizlarning oʻz huquqlarini ta’minlanishi boʻyicha murojaat qilishlari uchun yanada qulayliklar yaratiladi.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga Milliy platformani uzluksiz faoliyat koʻrsatishini ta’minlash toshirildi. Soʻrovga asosan vazirliklar, davlat organlari va tashkilotlari Milliy platformada joylashtirilishi lozim boʻlgan aхborotni taqdim etadilar.
Qarorga asosan, shuningdek 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni” orqali tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan хotin-qizlar bilan muloqot qilish va shoshilinch ruhiy, psiхoterapevtik, huquqiy yordam koʻrsatish, maslahat berish va aхborot taqdim etish masalalari boʻyicha kelib tushgan murojaatlarga 24 soat ichida tezkor munosabat bildirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.