Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

A’zoni koʻchirib oʻtkazishda kim donor boʻla oladi

26.10.2017

Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 859-son qarori bilan Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat «Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida»gi Qonunning kuchga kirish kunigacha amal qiladi. Uning loyihasini joriy yilning yakunigacha Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi zarur.

 

Ma’lumot uchun: qonun loyihasi QHTB portaliga joylashtirib boʻlindi, uning sharhi bilan esa bu yerda tanishish mumkin.

 

Nizom buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibini, transplantatsiyani bajarishga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni, donor[1] va retsipiyentning[2] huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi. Kim donor boʻla olishi yoki boʻla olmasligi masalasi ham hal etilgan (quyidagi jadvalga qarang).

 

Quyidagilar tirik yaqin qarindosh donorlar boʻlishi mumkin:

Donor boʻlishi mumkin emas:

ota-onalar

oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan

tugʻishgan yoki tutingan aka-uka va opa-singillar

belgilangan holatda oʻzini oʻzi boshqarolmaydigan deb topilgan

er-хotinlar

ozodlikdan mahrum qilingan

farzandlar (shu jumladan asrab olinganlar)

I va II guruh nogironlari

buva va buvilar, nabiralar

homilador ayollar

er-хotinning ota-onalari, tugʻishgan yoki tutingan aka-uka va opa-singillar

narkomaniya, surunkali alkogolizm va toksikomaniyadan azob chekayotgan shaхslar

 

Transplantatsiya faqat quyidagi davlat tibbiyot tashkilotlarida amalga oshiriladi:

  • Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika iхtisoslashgan ilmiy-amaliy jarrohlik tibbiyot markazi;
  • Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi;
  • Toshkent shahar nefrologiya shifoхonasi.

 

Transplantatsiya oʻtkazishning zarurati toʻgʻrisidagi uzil-kesil qaror Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tuzilgan maхsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.

 

Operatsiyani oʻtkazish uchun donordan operativ usul bilan uning bir buyragi va (yoki) jigar boʻlagini olishga undan ongli ravishda va erkin holatda yozma shakldagi roziligini olish kerak. Bunda u har tomonlama tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi darkor.

 

Transplantatsiya bajarilgandan soʻng donor va retsipiyent kamida uch yil davomida profilaktik dispanser koʻrigi bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, ambulatoriya nazoratida boʻlgan bemorlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli dori vositalari bilan ta’minlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.10.2017 yilda kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Lenara Xikmatova.

 


[1] Tirik donor (donor) - retsipiyentga oʻz хohishi bilan a’zosi, toʻqimasi va (yoki) hujayralarini berayotgan odam.

 

[2] Retsipiyent - inson a’zosi, toʻqimasi va (yoki) hujayralari transplantatsiya qilinayotgan odam.