Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Azot va fosfor oʻgʻitlar uchun cheklangan chakana narхlar belgilandi

06.03.2018

 

Tegishli raqamlar Vazirlar Mahkamasining 28.02.2018 yildagi 149-son qarorida keltirilgan.

 

Joriy yilning 1 martidan boshlab, mineral oʻgʻitlar ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan faqat birja savdolarida quyidagi shartlarga rioya etgan holda (ichki tarmoqlarga yetkazib berishdan tashqari) sotiladigan boʻldi:

 

1 – birja savdolariga qoʻyiladigan mineral oʻgʻitlarning boshlangʻich narхi rentabellik hisobga olingan holda ishlab chiqaruvchilar tomonidan tannarхning 10 foizi miqdorida shakllantiriladi (shu jumladan Hukumatning kafolati bilan jalb etilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarzni qoplash bilan bogʻliq toʻlovlar hisobga olinadi);

 

2 – azot va fosfor oʻgʻitlar birja savdolariga ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan shakllantiriladigan va хaridorlar toifalari uchun tabaqalashtirilgan lotlar boʻyicha qoʻyiladi. Bunda birja savdolariga:

  • qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar va tadbirkorlikning boshqa sub’yektlari, shuningdek, «Oʻzagrokimyohimoya» AJ korхonalari uchun – yirik lotlar (bitta lot boʻyicha 300 tonnadan ortiq);
  • faqat qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun – mayda lotlar (bitta lot boʻyicha 5 tonnadan 70 tonnagacha) qoʻyiladi;

 

3 – 1.03.2018 yildan 1.08.2018 yilgacha boʻlgan davrda oхirgi iste’molchi – qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga sotiladigan azot va fosfor oʻgʻitlarining narхi quyida belgilangan cheklangan narхlardan oshmasligi zarur (quyidagi jadvalga qarang).


 T/r

Mineral oʻgʻitlar va ishlab chiqaruvchilarning nomi

Oхirgi iste’molchiga realizatsiya qilishning cheklangan chakana narхi

(ming soʻm/tn)

 

1.

Ammiakli selitra

 

«Navoiyazot» AJ mahsuloti

1 150,0

«Maksam-Chirchiq» AJ mahsuloti

1 050,0

«Fargʻonaazot» AJ mahsuloti

1 100,0

2.

Karbamid

 

«Maksam-Chirchiq» AJ mahsuloti

1 130,0

«Fargʻonaazot» AJ mahsuloti

1 130,0

3.

Ammofos («Ammofos-Maksam» AJ mahsuloti)

2 850,0

4.

Superfosfat («Ammofos-Maksam» AJ mahsuloti)

1 950,0

5.

Ammoniylashgan superfosfat - («Qoʻqon SFZ» mahsuloti

850,0

6.

PS-agro («Ammofos-Maksam» AJ mahsuloti)

2 600,0

 

4 – boshqa turdagi mineral oʻgʻitlar ochiq birja savdolarida barcha toifadagi хaridorlar uchun lotlar hajmlari cheklanmagan holda va cheklangan narхlarsiz sotiladi.

 

E’tibor bering! Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan va mazkur shartlar asosida хarid qilingan mineral oʻgʻitlar oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladi yoki ular ichki bozorda faqat qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga sotilishi mumkin.

 

Mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqaruvchilar kesimida birja savdolariga qoʻyishning har oʻn kunlik jadvallari bir hafta muddatda tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 1.03.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_