Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Bagʻrikenglik boʻyicha jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi

20.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 17.11.2020 yildagi “Millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni ta’minlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 723-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning "Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2019 yil 15 noyabrdagi PF-5876-son Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

 

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining   fuqarolik jamiyati institutlari bilan millatlararo munosabatlar sohasida oʻzaro hamkorligini kuchaytirish uchun hujjat bilan:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni ta’minlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom;
  • Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni ta’minlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni ta’minlash boʻyicha jamoatchilik kengashlarining namunaviy tarkibi;
  • Tumanlar (shahar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni ta’minlash boʻyicha jamoatchilik kengashlarining namunaviy tarkibi tasdiqlandi.

 

Quyidagilar jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • turli millat vakillari yashayotgan hududlar aholisining maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini har chorakda muhokama qilish va hamkorlikda hal etishni tashkil qilish hamda monitoringini olib borish;
  • millatlararo iхtiloflar va mojarolarning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish;
  • millatlararo munosabatlar sohasida davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar berish;
  • millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari faoliyati boʻyicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.