Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 avgustdagi 719-son qarori bilan quyidagilar ma’qullandi:
2017-2021 yillarda baliqchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi;
Dasturda quyidagi yoʻnalishlarda ishlash nazarda tutilgan:
- baliqchilik tarmogʻining me’yoriy hujjatlar bazasini takomillashtirish;
- baliq yetishtirish va ovlashni koʻpaytirish hamda baliqchilik tarmogʻining ozuqa bazasini mustahkamlash;
- suv omborlari va Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliq yetishtirish, ovlash va qayta ishlashni tashkil etish;
- baliqchilik hoʻjaliklarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;
- baliqchilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, sohaga ilgʻor teхnologiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorlash.
2017-2021 yillarda baliqchilik sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari.
2017 yil 18 sentyabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.