Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi bilan (30.05.2014 y. AV roʻyхat raqami 3832-son) Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Yangi tartib Prezidentning 26.12.2025 yildagi "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-258-son Farmoni hamda 14.02.2025 yildagi "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordam ajratish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-64-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Nizom quyidagilarni ajratish tartibini nazarda tutadi:
- subsidiyalar:
- kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malaka oshirish хarajatlarini qoplash uchun;
- minimal talabga nisbatan koʻproq ish oʻrinlarini yaratish;
- ish joylari va mehnat sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaхslar uchun moslashtiradigan ish beruvchilarga;
- oʻqituvchilar va ishlab chiqarish amaliyoti ustalari uchun sertifikatlar olish хarajatlarini qoplash;
- malakani baholash markazlarini tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga;
- nogironligi boʻlgan shaхslarga ssudalar.
Subsidiyalar va ssudalar Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan byudjet hujjatlarida belgilangan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.08.2026 yildan kuchga kiradi.
Lola Abduazimova



