Oʻtgan oʻquv yili bilan solishtirganda «Korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar bozori» yoʻnalishi boʻyicha kontrakt asosida 3 ta qoʻshimcha joy ajratildi, buning hisobiga «Investitsiyalarni boshqarish (bank sektori uchun)» yoʻnalishi boʻyicha kontrakt asosida 2 ta joyga, «Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)» yoʻnalishi boʻyicha esa kontrakt asosida 1 ta joyga kamaydi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kvota koʻrsatkichlari saqlanib qoldi.
Ilgarigidek, Akademiyaning qabul komissiyasiga Akademiyaga magistraturasiga kirish jarayonida abituriyentlar toʻplagan ballarining reyting baholanishini hisobga olgan holda qabul koʻrsatkichlariga umumiy kvotalar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan) binoan Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga quyidagi nomzodlar qabul qilinadi:
iqtisod sohasida bakalavr darajasiga ega boʻlgan;
yoshi 35 dan oshmagan;
nomzodni yuborayotgan vazirliklar va boshqa tashkilotlarda kamida 2 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan (koʻrsatilgan Nizomda keltirilgan Lavozimlar roʻyхatiga (bank, moliya, soliq tizimlarida va investitsiya loyihalari bilan shugʻullanuvchi tarmoqlarda) muvofiq lavozimlarda).
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.