Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Banklarga lombard kreditini berish tartibi oʻzgardi

12.11.2015

“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunga (2015 yil 3 iyundagi OʻRQ-387-son Qonun tahririda) muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 6 noyabrda 2201-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Belgilanishicha, lombard kreditini olish uchun bank boshqa talablarga rioya qilishdan tashqari Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida (ilgari – Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining Depozitariysida) DEPO hisobvaragʻiga ega boʻlishi lozim. Keyingi oʻrinlarda hujjatning butun matni boʻyicha «Depozitariy» soʻzi «Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi» soʻzlari bilan almashtirilgan.

 

Aniqlashtirilishicha, Markaziy bank tomonidan lombard kredit ta’minoti sifatida garovga olinadigan davlat qimmatli qogʻozlari roʻyхati Markaziy bank boshqaruvi tomonidan davlat qimmatli qogʻozlarning chiqarilish shartlari, muddatlari, likvidligi, emitentlarining mavqei va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 9 noyabrdagi 44-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.

 

__________

* Lombard krediti – Markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qogʻozlarini garovga olgan holda, oʻzgarmas yoki kimoshdi savdosi orqali shakllanadigan foiz stavkasida bankka beriladigan kredit.