Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Bankni roʻyхatdan oʻtkazish uchun davlat boji – 100 mln soʻm

25.01.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 17.01.2018 yildagi 31-son qarori bilan bankni roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim hamda bank roʻyхatdan oʻtkazilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, banklarni roʻyхatdan oʻtkazish va ularga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Qaror bilan bunda undiriladigan toʻlovning quyidagi miqdorlari belgilandi:

 

 

Toʻlov turi

 

 

Miqdori

Bankni roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun yigʻim

 

EKIHning 5 barobari miqdorida

(material e’lon qilingan sanada – 861 200 soʻm)

Bank roʻyхatdan oʻtkazilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji

bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1% miqdorida.

 

Ma’lumot uchun: 1.10.2017 yildan boshlab yangi tashkil etilayotgan*  tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd soʻm miqdorida belgilangan.

 

(100 mlrd х 0,1% = 100 mln soʻm)

 

*Faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banklari oʻz ustav kapitallarini 1.01.2019 yilga qadar belgilangan eng kam talablargacha yetkazishlari darkor

 

E’tibor qarating! Agar litsenziat litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi хabarnoma yuborilgan paytdan e’tiboran 3 oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berish uchun davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni topshirmagan boʻlsa yoki litsenziya bitimini imzolamagan boʻlsa, litsenziya bekor qilinishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 19.01.2018 yilda kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.