Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Bekor qilinadigan GOSTlar roʻyхati qisqardi

17.11.2016

«Oʻzstandart» agentligi muhokama uchun bekor qilinishi taklif etilayotgan standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarning roʻyхati loyihasining yangi tahririni e’lon qildi. Hujjat vazirliklar, idoralar, tadbirkorlik sub’yektlarining ilgarigi tahrirga nisbatan fikr-mulohazalari va takliflari inobatga olingan holda ishlab chiqildi.

Roʻyхat qisqardi va u endi 612 ta nomlanishni oʻz ichiga olgan (boshlangʻich tahrirda 1 353 ta edi).

 

Loyihaning yangi tahriri boʻyicha takliflar va fikr-mulohazalar 22.11.2016 yilgacha qabul qilinadi:

  • «Oʻzstandart» agentligi tomonidan quyidagi manzil boʻyicha: Toshkent shahri,  Farobiy koʻchasi, 333 A-uy, tel.: 202-00-11 (1017), E-mail: stand@standart.uz, E-xat: standart@e-xat.uz;
  • «Oʻzstandart» agentligining «Axborot – ma’lumot markazi» DK tomonidan quyidagi manzil boʻyicha: Toshkent shahri,  Farobiy koʻchasi, 333 A-uy, tel.: 249-18-66, E-mail: infocenter@standart.uz.