Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi Qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Belarus mashinalari aksizdan ozod etildi
Belarus mashinalari aksizdan ozod etildi
14.02.2017

Prezidentning 8.02.2017 yildagi PQ–2762-son Qarori bilan ushbu hujjatga kiritilgan tuzatishlarga koʻra, Belarus Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va u yerdan olib kelinayotgan yangi transport vositalariga endi tasdiqlangan aksiz soligʻi stavkalari tatbiq etilmaydi.
Xususan, bu mashinalarning quyidagi turlariga taalluqli:
- yangi egarli tyagachlar (8701 20 101)1;
- yuk tashish uchun yangi motorli transport vositalari (8704 22 910, 8704 23 910 4, 8704 23 910 9, 8704 32 910);
- yuk tashish uchun boshqa motorli transport vositalari (8704 90 000 0).
Eslatib oʻtamiz, 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son Qarorga muvofiq ushbu imtiyoz Qozogʻiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Ukrainada ishlab chiqarilayotgan va u yerdan olib kelinayotgan yangi transport vositalariga ham tatbiq etiladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
1Qavslarda TIF TN kodlari keltirilgan.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi