Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Bepul yurish chiptasi 1 kun ichida beriladi

21.02.2017

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2434-1, 2017 yil 15 fevral) bilan Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Belgilanishicha, shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi guvohnoma shahar yoʻlovchi transportini boshqarish organi* tomonidan zarur hujjatlar taqdim etilgandan keyin bir ish kuni ichida (ilgari – darhol) beriladi.

 

Shuningdek hujjat shahar yoʻlovchi transportini boshqarish organi, Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi va Mudofaa vazirligining hududiy organi tomonidan shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) bepul yurish huquqiga ega boʻlgan shaхslar roʻyхati boʻyicha oʻzaro ma’lumotlar taqdim etish shakli bilan toʻldirildi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 20 fevralda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.

 

__________

* Shahar yoʻlovchi transportini boshqarish organlari - Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, viloyat markazi hisoblangan shaharlar, shuningdek Nukus shahar hokimligi huzuridagi yoʻlovchi transportini boshqarish tashkilotlari.