Prezidenting 11.03.2023 yildagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-92-son qarori qabul qilindi.
Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning hayotini yuqori darajaga koʻtarish va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish maqsadida:
- Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari;
- Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasining Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.
2023 yil 1 apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hisobidan "Nuroniy" jamgʻarmasining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.
"Bir nuroniy oʻn yoshga mas’ul" tamoyiliga muvofiq endi yoshlar har bir mahalladagi hayotiy tajribaga ega boʻlgan zamonaviy fikrlaydigan faol nuroniylarga biriktiriladi.
Bundan tashqari, muammoli oilalarning har biriga "Keksalar maslahati" guruhlarining bir nafardan a’zolari biriktiriladi.
Belgilanishicha, "Keksalar maslahati" guruhlari rahbarlari "Nuroniy" jamgʻarmasi va mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida ragʻbatlantirib boriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.03.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.