Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son qaroriga ishlangan davrga bogʻliq holda homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalar miqdoriga taalluqli oʻzgartirishlar kiritildi. Tuzatishlar Prezidentning 4.04.2018 yildagi PF–5398-son Farmoni bilan kiritilgan va 5.04.2018 yilda kuchga kirdi.
Eslatib oʻtamiz. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa miqdori ayol ishga qabul qilingan kundan boshlab amalda ishlangan vaqtiga qarab tabaqalashtirilgan:
- 6 oygacha – oʻrtacha oylik ish haqining 50%i;
- 6 dan 12 oygacha – 75%i;
- 12 oydan ortiq – 100%i.
Endi esa 6 oygacha boʻlgan ish stajida nafaqalarni toʻlash tartibi bekor qilindi va ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan kam ish staji boʻlganda nafaqaning yagona miqdori belgilandi – 75% (quyidagi jadvalga qarang). Ya’ni, agar ayol, olaylik, atigi 5 oy ishlab «dekret ta’tili»ga chiqqan boʻlsa, uning nafaqasi miqdori ilgarigidek 50% emas, balki 75%ni tashkil etadi.
2018 yilning 5 apreliga qadar |
2018 yilning 5 aprelidan boshlab |
||
Amalda ishlangan davr |
Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa miqdori (oʻrtacha oylik ish haqining) |
Amalda ishlangan davr |
Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa miqdori (oʻrtacha oylik ish haqining) |
6 oygacha |
50%i |
Bekor qilingan |
|
6 oydan 12 oygacha |
75%i |
12 oygacha |
75%i |
12 oydan ortiq |
100%i |
12 oydan ortiq |
100%i |
Tahririyatdan: qonunchilikning mazkur normasini amalda roʻyobga chiqarishda amaliyotda muammolar kelib chiqadi. Ularning ba’zilari bilan – bu yerda va bu yerda batafsil tanishish mumkin.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova.
Kommentarii (1)
Dobavit kommentariyGost_Uldawlet :
Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki, vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!