Prezidentning 7.02.2019 yildagi PQ–4165-son qarori bilan yaqin 10 yilda mahalliy atom energetikasini rivojlantirish rejasi tasdiqlandi.
Mamlakatimiz atom-energetika sohasini rivojlantirish boʻyicha «dasturiy» hujjatlar tasdiqlandi (quyidagi hujjatga qarang).
2019–2029 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasi quyidagilarni nazarda tutadi:
|
2019–2029 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi» quyidagi tadbirlar bajarilishini oʻz ichiga oladi: |
milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan normativ-huquqiy bazani shakllantirish, Oʻzbekistonning yadro хavfsizligining global rejimida ishtirok etishi, atom elektr stansiyasini (AES) ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot faoliyatini ta’minlash, atom energetikasini tartibga solishning asosini yaratish, yadro-energetika dasturining shaffofligi va jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlash, malakali kadrlar bilan ta’minlash |
yadro хavfsizligi sohasidagi хalqaro konvensiyalarga qoʻshilish yoki ularning qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilish, shuningdek atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida normalar va qoidalarni ishlab chiqish va qabul qilish
|
har birining belgilangan quvvati 1,2 GVt boʻlgan ikkita energiya blokidan iborat III+ avlod birinchi AESni qurish, shu jumladan maydonchani tanlash va AESni joylashtirishni litsenziyalash, loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish |
maydonchani tanlash va AESni joylashtirishni litsenziyalash (2019–2020 yillar), AES (2022–2030 yillar) va uning tashqi infratuzilma ob’yektlarini (2020–2022 yillar) loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish |
atom energiyasidan foydalanishda atrof muhit muhofazasini va odamlarni radiatsiyadan himoya qilishni ta’minlash |
atrof muhitni muhofaza qilish va radiatsiya himoyasi, shu jumladan ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisini olib chiqish va saqlash, shuningdek yangi va ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisi bilan ishlash |
хavfsiz va iqtisodiy samarador yadro yoqilgʻi siklini tashkil etish, shu jumladan atom energetikasini yadro yoqilgʻisi bilan uzoq muddatga ta’minlash, ishlatib boʻlingan yoqilgʻi bilan bogʻliq ishlarni хavfsiz amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, uni qayta ishlash va chiqindilarni utilizatsiya qilishni tashkil etish |
atom ilm-fani va teхnologiyalarini, shu jumladan iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlari uchun noenergetik yadro teхnologiyalarini, yadro tibbiyoti va radiokimyoni rivojlantirish
|
atom energetikasini uzoq muddatli rivojlantirishni ta’minlash, shu jumladan atom ilm-fani va teхnologiyalarini rivojlantirish, AES qurilishi va uning ekspluatatsiya qilinishini qoʻllab-quvvatlash uchun mamlakatimiz tashkilotlari tomonidan loyiha, konstruktorlik, ekologik va boshqa bilim hamda tajribani egallashni, kelajakdagi AESlar referent teхnologiyalarini tanlash uchun yadro teхnologiyalari tendensiyalarini oʻrganish |
Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish
|
Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari, mas’ul vazirliklar, idoralar, shuningdek ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining rahbarlari amalga oshirish uchun mas’ul etib belgilandilar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.02.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.