Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Biznes-ombudsman faoliyati uchun qoʻshimcha kafolatlar oldi

15.09.2017


14.09.2017 yildagi RQ–446-son Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksining  223 va 239-moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildiPrezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga ushlab turish va qamoqqa olishga nisbatan immunitet taqdim etildi.

 

Vakil ushlanishi va ichki ishlar organlari yoki boshqa huquqni muhofaza qilish organiga yetkazilishi mumkin emas. Ushbu taqiq jinoyatni sodir etish chogʻida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ushlangan holatlarga tatbiq etilmaydi.

 

Biznes-ombudsmanga nisbatan faqat Prezidentning shaхsiy roziligi bilan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanishi mumkin.

 

Ta’kidlab oʻtamiz, mazkur choralarni qoʻllanilishi uchun davlat rahbarining roziligi zarurati qonunda birinchi marotaba koʻzda tutilmoqda. Shu kabi immunitetlardan foydalanadigan boshqa mansabdor shaхslar (deputatlar, sudyalar, ombudsman) bungacha tegishli vakillik yoki sud organlarining roziligi bilan qamoqqa va uy qamogʻiga olinar edi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Samir Latipov.