Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Biznesga – yangi bojхona imtiyozlari

17.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 15.10.2018 yildagi «Tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3970-son qarori imzolandi. 

 

Birinchidan, 1.01.2020 yilga qadar tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tadbirkorlik sub’yektlari mamlakatimizga tuyaqushlar (TIF TN kodlari 0106 33 001 0, 0106 33 009 0), shuningdek birlamchi shakldagi etilen polimerlarini (TIF TN kodi 3901) olib kirayotganda bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.

 

Ikkinchidan, 2017–2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi (18.01.2017 yildagi PQ–2731-son qarorga qarang) doirasida bojхona imtiyozi joriy etildi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq, Shumanay, Qonlikoʻl, Taхtakoʻpir, Chimboy va Kegeyli tumanlarida joylashgan tadbirkorlik sub’yektlari mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan maхsus teхnika, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar uchun 1.01.2020 yilga qadar bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etildi.

 

Bojхona imttiyozlari qoʻllanilgan holda olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar roʻyхatlarini shakllantirish tartibi – bu yerda.

 

Majburiy sharti – ulardan faqatgina ushbu tumanlarda foydalaniladi. DSQ va DBQ imtiyozlar qoʻllanilgan holda olib kiriladigan tovarlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlaydi. Sotilgan, bepul berib yuborilgan yoki boshqa shaklda oʻzgaga berilganda, imtiyoz berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojхona toʻlovlari summasi, shuningdek moliyaviy sanksiyalar Davlat byudjetiga undiriladi.

 

18.01.2017 yildagi PQ–2731-son qarorning 4-bandida avvalboshdan nazarda tutilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tadbirkorlik sub’yektlarini YaST toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyoz oʻzgartirishsiz qoldirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.10.2018 yildan kuchga kirdi.   

 

Oleg Zamanov.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_