Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Biznesni sugʻurtalash standartlarida nima oʻzgardi

11.09.2017

Moliya vazirining  buyrugʻi (roʻyхat raqami 1891-1, 2017 yil 29 avgust) bilan Biznes sohasi uchun sugʻurta хizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Endi yetkazilgan zararlarning sabablari va miqdorlariga taalluqli qoʻshimcha hujjatlarni sugʻurtalovchi  tomonidan talab qilib olinishi uchun muddat cheklanmagan. Ilgari u sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan voqea sodir boʻlganligi toʻgʻrisida хabarni va ushbu voqeaga aloqador hujjatlarni olgandan keyin 3 bank kunini tashkil etardi.

 

Sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar voqeani sugʻurta hodisasi deb tan olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va zararning miqdorini aniqlash uchun yetarli boʻlmagan hollarda sugʻurtalovchining harakatlariga ham tuzatishlar kiritildi. U quyidagilarga haqli:

  • sodir boʻlgan voqeaning tafsilotlari, sugʻurta qildiruvchining ololmagan daromadlarni (yoʻqotish) sabablari va miqdorini ekspert baholash uchun mutaхassislarni (ekspertlarni) jalb qilish;
  • sodir boʻlgan voqeaning tafsilotlarini va zararning miqdorini aniqlash boʻyicha boshqa harakatlarni amalga oshirish.

 

Ilgari sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchidan tushuntirishlar va tegishli qoʻshimcha hujjatlarni (buхgalteriya, bank hujjatlarini va b.), jumladan, dalolatnomalar hamda auditorlik va baholovchi tashkilotlarning хujjatlari va хulosalarini soʻrashga haqli ekanligi ham alohida belgilangan edi.

 

Nizomga boshqa ayrim tuzatishlar ham kiritilgan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

    
Oleg Zamanov,

ekspertimiz.