Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Biznesni tugatish osonlashadi

10.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 7.06.2019 yildagi “Tadbirkorlik sub’yektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5739-son Farmoni qabul qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, yaqinda biz mazkur hujjat loyihasini yoritgan edik. U jiddiy oʻzgarishlarsiz qabul qilinganligi sababli loyiha sharhi bilan tanishishni tavsiya qilamiz.

 

Farmonda nazarda tutilgan tartib 2020 yil 1 yanvardan ishga tushadi. Biroq, buning uchun norma ijodkorligi ishini amalga oshirish talab etiladi.

 

Xususan, Fuqarolik va Iqtisodiy protsessual kodekslarga, shuningdek  “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga tuzatishlar kiritishlari lozim. Ularga moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korхonalarni 3 yil muddatga harakatsiz rejimga oʻtkazish va faoliyati tiklanmagan taqdirda ularni Tadbirkorlik sub’yektlarining Yagona davlat reyestridan chiqarish kiritiladi.

 

Bundan tashqari:

  • Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻхtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.