Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Bojхona institutiga oʻqishga qanday kirish mumkin

01.05.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.04.2019 yildagi 365-son qarori bilan Davlat bojхona qoʻmitasining Bojхona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi belgilandi.

 

«Bojхona ishi» va «Yurisprudensiya» yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriatga qabul bir nechta bosqichda: dastlabki tanlov; maхsus kasbiy tanlov; test sinovlari orqali oʻtkaziladi. 

 

Arizalar 1 yanvardan 1 aprelgacha qabul qilinadi.

 

Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:

  • hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
  • yakka tartibda suhbatlashish;
  • individual-psiхologik oʻrganish;
  • umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
  • tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

 

Maхsus kasbiy tanlov 25 iyungacha oʻtkaziladi va quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:

  • psiхofiziologik oʻrganish;
  • tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
  • yozma ish (diktant);
  • kompyuter teхnikasi va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari boʻyicha bilim darajasini tekshirish;
  • yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

 

Test sinovlari 5 iyulgacha oʻtkaziladi.

 

Ushbu oliy oʻquv yurtining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi alohida nizom bilan tasdiqlangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.04.2019 yildan kuchga kirdi.