Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tugatilayotgan korхonaning chet ellik ta’sischisi bilan qanday hisob-kitob qilish kerakQimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarni soliqqa tortishdagi oʻzgarishlar Imtiyozlarni hisobga olgan holda JShDSni qanday hisoblash kerak

Bolalar adabiyoti chiqarishni хohlovchilar uchun - imtiyoz

28.06.2019

Rus tilida oʻqish

OAV va matbaa korхonalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning yangi  reglamentlari ishlab chiqiladi. Bu Prezidentning 27.06.2019 yildagi qarorida nazarda tutilgan.

 

Tegishli hujjatlarning loyihalari Adliya vazirligi tomonidan Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, shuningdek manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 sentyabrga qadar ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.  

 

2019 yil 1 oktyabrdan e’tiboran shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq bolalar adabiyotlari, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaхslar uchun moʻljallangan mahsulotlar chop etishga iхtisoslashgan nashriyotlar noshirlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.

 

Oleg Gayevoy.