Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektromobillarni quvvatlash boʻyicha vositachilik хizmatlarini buхgalteriya hisobida aks ettirish Yangi direktor haqidagi ma’lumotlarni my3.soliq.uz saytiga qanday kiritish mumkin Majburiyatlarni hisobdan chiqarishda QQS boʻyicha kiritiladigan tuzatishlar

Bolalar bogʻchalarida autsorsing orqali sogʻlom ovqatlanish tashkil etiladi

13.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 06.01.2025 yildagi «Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-1-son qarorini qabul qildi.

 

Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:

• Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlanishni tashkil etish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish;

• «Bolalar bogʻchasi» boshqaruv aхborot tizimida yaratilgan modullar orqali «Yagona mavsumiy taomnoma»ni va ovqatlanish хarajatlarini (natura koʻrinishida) hisobga olishni joriy etish;

• respublika hududi boʻyicha bir nafar bolaning bir kunlik ovqatlanish qiymatini belgilash orqali «Yagona mavsumiy taomnoma» asosida bolalar ovqatlanishini tashkil etish.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Ta’lim sohasida ovqatlanishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi. Uning asosiy ish yoʻnalishlari:

• davlat maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish; 

• ovqatlanishni tashkil etish bilan bogʻliq jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish;

• autsorsing asosida sogʻlom ovqatlanish uchun davlat хaridlarini amalga oshirish;

• maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalarida sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;

• autsorser tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena standartlariga muvofiqligini, shuningdek investitsiya majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish.

 

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

2025 yil 1 iyulgacha sogʻlom ovqatlanish tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’yektlari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 10.01.2025 yil kuchga kirdi.

 

                                      Lola Abduazimova