Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Bolalar bogʻchasi uchun toʻlov indeksatsiya qilindi

05.01.2018

 

Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun 2018 yilda ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdorlari tasdiqlandi (jadvalga qarang).

 

Ta’lim muassasasining joylashuvi va bolalarning bir kunda boʻlish vaqti


 

Maktabgacha guruh

5-kunlik ish haftasida

6- kunlik ish haftasida

ta’lim muassasasiga oiladan boradigan bitta bola uchun


 

agar ta’lim muassasasiga oiladan bittadan ortiq bola borsa, ularning har biri uchun


 

ta’lim muassasasiga oiladan boradigan bitta bola uchun

agar ta’lim muassasasiga oiladan bittadan ortiq bola borsa, ularning har biri uchun

Toshkent sh.

4-5 soat

19 000

13 000

23 000

15 000

9 soat

130 000

92 000

155 000

110 000

10,5 soat

155 000

110 000

185 000

131 000

12 soat

175 000

124 000

208 000

148 000

24 soat

185 000

131 000

220 000

156 000

viloyatlar markazlari

4-5 soat

18 000

13 000

21 000

15 000

9 soat

125 000

89 000

149 000

106 000

10,5 soat

150 000

107 000

179 000

127 000

12 soat

166 000

118 000

198 000

140 000

24 soat

176 000

125 000

210 000

149 000

viloyat boʻysunuvidagi shaharlar

4-5 soat

16 000

11 000

19 000

13 000

9 soat

115 000

82 000

137 000

98 000

10,5 soat

130 000

92 000

155 000

110 000

12 soat

149 000

106 000

177 000

126 000

24 soat

157 000

111 000

187 000

132 000

tumanlar markazlari

4-5 soat

14 000

10 000

17 000

12 000

9 soat

85 000

64 000

101 000

76 000

10,5 soat

115 000

86 000

137 000

102 000

12 soat

131 000

98 000

156 000

117 000

24 soat

139 000

104 000

165 000

124 000

boshqa joylar

4-5 soat

13 000

9 000

15 000

11 000

9 soat

60 000

48 000

71 000

57 000

10,5 soat

105 000

84 000

125 000

100 000

12 soat

123 000

92 000

146 000

110 000

24 soat

130 000

98 000

155 000

117 000

 

Masalan, poytaхtda 5-kunlik ish haftasida ota-onalarning bitta bolaga bolalar bogʻchasi toʻlovi uchun хarajatlari 22,6%ga, 6-kunlik ish haftasida 24,3%ga (boʻlish davomiyligi 4-5 soat boʻlganda) oshadi. Qiyoslash uchun: 2017 yil uchun toʻlov miqdorlari – bu yerda.

 

Quyidagilarni qayd etish joiz:

 

1 – davlat bolalar bogʻchalari endi bolalarni 3 yoshdan qabul qiladi. Demakki, yasli guruhlari yopildi. Shu bois bolalarning yasli guruhlaridagi ta’minoti uchun toʻlov miqdorlari endilikda tasdiqlanmaydi;

 

2 – Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyati, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduk, Konimeх, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida imtiyozlar taqdim etildi – jadvalda koʻrsatilgan miqdorlar 2 baravar kamaytiriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov,
ekspertimiz.