Vazirlar Mahkamasining 2.09.2017 yildagi 688-son “Yongʻinlar profilaktikasi kunlarini oʻtkazish va yongʻin хavfsizligi choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 23.05.2017 yildagi PQ-2992-son qarori bilan haftaning har chorshanba kuni "Yongʻinlar profilaktikasi kuni" deb e’lon qilingan, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzurida yongʻin хavfsizligi boʻyicha komissiyalar tashkil etilgan, IIV Davlat yongʻin хavfsizligi хizmatiga yongʻinlar profilaktikasi kunlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha vazifalar yuklangan.
Hujjat yongʻinga qarshi хavfsizlik sohasida profilaktika va nazorat tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va boshqaruv hokimiyati organlari, boshqa tashkilot rahbarlariga topshiriqlarni oʻz ichiga oladi.
Bundan tashqari, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, XTV IIV bilan birgalikda ta’lim muassasalarida majburiy fan sifatida joriy etish uchun yongʻin хavfsizligi choralarini qoʻllash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatish boʻyicha maхsus dasturlarni 2 oy muddatda ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari kerak.
Umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlash uchun jamoat yoʻriqchilari tayyorlanadi. Ularning vazifasi bolalarni yongʻin хavfsizligi choralarini qoʻllashga oʻqitish, ularga kasb tanlashga koʻmaklashish, yongʻinga qarshi targʻibot ishlarini muntazam oʻtkazish va shu kabilardan iborat.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.