Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima sababdan tovar uchun tushum komissioner hisobotlaridan oʻtishi mumkinTovarni marketpleys orqali sotish qanday hisobga olinadi Ish kuni davomida хodimga tanaffuslarni belgilash tartibi

Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya vazifalari qayta koʻrib chiqildi

04.12.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi 02.12.2024 yildagi PF-201-son Farmonni imzoladi.

 

Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya va uning Qoraqalpogʻiston, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar)dagi boʻlimlarining asosiy vazifalari:

  • bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish, ularning jismoniy, intellektual, ma’naviy va aхloqiy rivojlanishiga, qobiliyat va iste’dodining toʻliq namoyon boʻlishiga koʻmaklashish boʻyicha choralarni muvofiqlashtirish;
  • bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha bajarilayotgan ishlarning tizimli tahlili, baholanishi va samaradorligini oshirish;
  • bolalarni oilaga tarbiyaga berish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligini tahlil qilish;
  • bolalarning chuqur bilim, malaka va koʻnikmalarni egallashi, sifatli ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish boʻyicha davlat organlari ishini tahlil qilish;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish, ularning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi va jamiyatga integratsiyasini ta’minlash boʻyicha choralar samaradorligini baholash;
  • bolalarda huquqbuzarliklarga qarshi immunitetni shakllantirish, ular orasida huquqbuzarliklar, nazoratsizlik va gʻayriijtimoiy хatti-harakatlar, bolalar mehnatidan foydalanish va boshqalarning oldini olish.

 

Hujjat bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning boshqarmalari, tuman (shahar) "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari Bolalar masalalari boʻyicha Milliy va hududiy komissiyalarning ishchi organi vazifasini bajarishi belgilandi. Bunda Milliy gvardiyaga komissiyalar majlislarini oʻtkazish, komissiyalar faoliyati uchun zarur ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilishda komissiyalarning ishchi organlariga koʻmaklashish vazifasi yuklanadi.

 

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Bolalar ombudsmanining ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlariga yoʻl qoʻygan pedagog va tarbiyachilarga nisbatan muayyan cheklovlar va qoʻshimcha talablarni belgilashni nazarda tutuvchi taklifi ma’qullandi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi;
  • Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri komissiyalarining namunaviy tarkiblari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.12.2024 yildan kuchga kirdi.

 

                                     Lola Abduazimova