Prezidentning 15.02.2018 yildagi PF-5343-son Farmoni bilan Bosh prokuratura va boshqa idoralar tashkiliy tuzilmasida oʻzgarishlar nazarda tutilgan.
Bosh prokuratura tarkibida yangi boshqarmalarning tashkil etilishi Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tuzilmasidagi oʻzgartirishlarga olib keldi (quyidagi jadvalga qaralsin).
Tashkil etilgan boʻlinmalar |
Tugatilgan boʻlinmalar* |
Yoqilgʻi-energetika kompleksida qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi |
Bosh prokuraturaning Ijtimoiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi |
Moliya-bank sohasida qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi |
Bosh prokuraturaning Iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi |
Soliq va bojхona sohasida qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi |
Adliya vazirligining Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish va chet el investitsiyalari boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari |
Transport, qurilish va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari sohasida qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi |
Davlat soliq qoʻmitasining Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari |
Sogʻliqni saqlash, ta’lim sohasi va boshqa ijtimoiy sohada qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi |
|
Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi |
|
Prezident qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi |
|
Prokurorning ma’muriy sud ishlarini yuritishda vakolatlarini ta’minlash boshqarmasi |
|
Tergovni uslubiy jihatdan ta’minlash boshqarmasi |
* boʻshayotgan 323 ta shtat birliklari Bosh prokuratura boʻlinmalari, shu jumladan yangidan tashkil etilgan boshqarmalarini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
1.03.2018 yildan prokuratura organlari хodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning oʻrnatilgan razryadlariga muvofiq keluvchi tarif koeffitsiyentlari 1,5 baravarga koʻpaytiriladi. Bosh prokuratura markaziy apparatining martaba darajasiga ega boʻlgan хodimlarining lavozim maoshlariga alohida mehnat sharoitlari uchun oylik ustama haq 50%ni tashkil etadi. Bunda mazkur oylik ustama haq ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha va ustama haqlarni hisoblashda lavozim maoshlari tarkibiga qoʻshiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 15.02.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin.
Oleg Zamanov.