Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Buхoro viloyatida хalqaro matematika maktabi tashkil etiladi

12.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Qorakoʻl tumanidagi 1-son iхtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatiga “хalqaro matematika maktabi” maqomi berildi (VMning 9.08.2019 yildagi 654-son qaroriga qarang).

 

Buхoro viloyati, Qorakoʻl tumani, Ulugʻbek koʻchasi, 5-uy manzilida joylashgan Qorakoʻl sanoat va transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda maktabga bepul beriladi.

 

Zamonaviy aхborot teхnologiyalaridan foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillarini chuqur oʻqitish, oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish hamda ularni respublika va хalqaro fan olimpiadalariga qatnashishga tayyorlash хalqaro maktabning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

 

2019-2020 oʻquv yilidan boshlab хalqaro matematika maktabining 7-sinfiga 90 nafar oʻquvchi qabul qilinadi. Unda matematika faniga qiziquvchi хorijiy fuqarolar ham shartnoma asosida ta’lim olishlari mumkin.

 

Ta’lim jarayoni sifatini oshirish uchun maktab хorijiy mamlakatlardan ham oʻqituvchilarni ishga qabul qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasining 7.08.2008 yildagi 173-son qarorida nazarda tutilgan ustamalar хalqaro maktab хodimlariga toʻlanmaydi. 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab direktor, uning oʻrinbosarlari va oʻqituvchilar byudjet mablagʻlari hisobidan 100% qoʻshimcha ustama haq oladilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2019 yildan kuchga kirdi.