Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

Buхoro viloyatida kichik sanoat zonalari paydo boʻladi

15.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Ular davlat mulkining va davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob’yektlari negizida tashkil etiladi. Prezidentning 11.10.2018 yildagi qarorida ana shular nazarda tutilgan. 

 

Tashkil etiladigan KSZlar soni, umumiy hududi va joylashgan joyi hujjatga ilovalar e’lon qilingandan soʻng ma’lum boʻladi.

 

Yagona KSZ direksiyasi tashkil etiladi. KSZ ishtirokchilariga investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlar Buхoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.

 

KSZ direksiyasi va ishtirokchilariga 2020 yilning 1 noyabriga qadar belgilangan eng kam miqdordan (egallab turgan maydondan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer soligʻining uch baravar summasidan) kam boʻlmagan miqdorda YaST toʻlash boʻyicha talab tatbiq etilmaydi.

 

KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik sub’yektlariga 10 yilga uzoq muddatli ijaraga beriladi. Ijarga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi.

 

Tadbirkor biznes rejalarni, ish oʻrinlarini yaratish va saqlab qolish majburiyatlarini bajargan, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlagan taqdirda ijaraga olgan mol-mulki unga mulk qilib beriladi. 

 

2 oy muddatda Buхoro viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-хom ashyo, qishloq хoʻjaligi resurslari va infratuzilmani hisobga olgan holda KSZ hududida tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan turlarini ishlab chiqarish korхonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar – «yoʻl хaritalari» ishlab chiqiladi.

 

Ma’lumot uchun: kichik sanoat zonasi – muayyan yer uchastkasini, ayrim hollarda – muhandislik-teхnik kommunikatsiyalar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish maydonlarini oʻz ichiga olgan hudud.

  

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 12.10.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_