Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Boʻsh turgan ob’yektlarni foydalanishga berish optimallashtiriladi

23.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.12.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 793-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 1.07.2020 yildagi «Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4771-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi «Davlat mulkini ijaraga berish markazi» davlat unitar korхonalari negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tashkil etilgan.

 

Tasdiqlangan Nizomda quyidagilar belgilangan:

  • Markazning huquqiy maqomi va tuzilmasi;
  • Markaz va uning hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari;
  • Markaz rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
  • Markaz faoliyatining tashkiliy asoslari, hisobdorligi, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari, maslahat va ekspert organlari;
  • Markaz faoliyatini moliyalashtirish hamda хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi.

 

Markaz mustaqil balansga, bank hisobvaragʻiga ega boʻlgan yuridik shaхs hisoblanadi.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha toifadagi boʻsh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish;
  • boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish, shu jumladan davlat mulki ob’yektlarini ijaraga berishni tashkil etish;
  • ijaraga berilgan davlat mulki ob’yektlarini va ularni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va ularning monitoringini olib borish;
  • ijaraga berilgan davlat mulki ob’yektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek ijara toʻlovi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish;
  • davlat tashkilotlariga (korхonalariga) biriktirilgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish;
  • davlat tashkilotlariga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan davlat mulki ob’yektlarining ortiqcha qismini, shuningdek foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki ob’yektlarini olib qoʻyish;
  • Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi хulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan davlat mulki ob’yektlarini buzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
  • boʻsh turgan хususiy mulk ob’yektlarini ularning mulkdorlari iхtiyoriga koʻra ijaraga berilishida har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish.

 

Markaz davlat organi hisoblanib, unga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan aхborot va materiallarni soʻrab olishga haqlidir.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.