Prezident tomonidan 20.05.2022 yildagi “Ish haqi miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻlamini kengaytirish hamda fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish maqsadida 2022 yil 1 iyundan boshlab:
- byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi miqdori 12%ga oshiriladi;
- quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori - oyiga 920 000 soʻm;
- bazaviy hisoblash miqdori- oyiga 300 000 soʻm.
Byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi miqdori oshirilishi bilan bogʻliq хarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda toʻlashni ta’minlab, ish haqi miqdorini MHEKMga muvofiq oshirish tavsiya etildi.
Lola Abduazimova.