Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Byudjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi operatsiyalari – Gʻaznachilik orqali

27.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.05.2020 yildagi “Oʻzbekistan Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining chet el valyutasidagi mablagʻlarini samarali boshqarish toʻgʻrisida”gi 329-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning “Davlat хaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat хaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb kilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 5 dekabrdagi PQ-4544-son qarorida qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqildi.

 

Belgilanishicha:

  • byudjet tashkilotlari va davlat maksadli jamgʻarmalarining chet el valyutasidagi operatsiyalari Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi;
  • Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan byudjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamgʻarmalari uchun chet el valyutasida shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi;
  • byudjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamgʻarmalari tomonidan tijorat banklarida chet el valyutasidagi hisobvaraqlar ochilishi taqiqlandi yoki Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshiriladi.

 

Hujjat bilan Byudjet tizimi byudjetlari chet el valyutasidagi mablagʻlarining gʻazna ijrosi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat davlat moliyasini boshqarish aхborot tizimi orqali operatsiyalar boʻyicha hisob va hisobotni yuritish tartibini belgilaydi.

 

Byudjetlar tomonidan chet el valyutasidan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda. Har bir chet el valyutasi boʻyicha Gʻaznachilikda alohida hisobvaraq ochiladi.

 

Moliya vazirligining chet el valyutasidagi operatsiyalari ham Gʻaznachilik tomonidan amalga oshiriladi, bunda toʻlovlarni amalga oshirish yoki valyutalarni konvertatsiya qilish uchun Gʻaznachilik Markaziy bankka buyurtmalar va toʻlov topshiriqnomalari taqdim etadi.

 

Davlat kafolati ostida хalqaro moliya institutlari hamda chet el hukumatlari moliya tashkilotlaridan olingan qarz va kreditlarni qaytarish soʻndirish jadvali asosida amalga oshiriladi.

 

Gʻaznachilikda chet el valyutasida shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish va yopish, shuningdek imzolar namunalari va muhr izi kartochkasini tasdiqlash tartibi Nizomga ilovalarda keltirilgan.

 

Hujjat  Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.