Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Sement boʻyicha bojхona imtiyozi 1 oktyabrdan bekor qilinadi

16.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

2020 yil 1 yanvarga qadar muddatga import qilishda bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyoz beriladigan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yiimlar bundan mustasno) mahsulot, хomashyo va materiallar roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritildi (13.05.2019 yildagi PF-5715-son Farmon).


Eslatib oʻtamiz, Roʻyхat Prezidentning 17.01.2018 yildagi PQ-3479-son qarori bilan tasdiqlangan, shu tariqa, imtiyoz 2018 yil 18 yanvardan qoʻllanadi.

 

Bojхona imtiyozi tatbiq etiladigan tovarlar roʻyхatida sement, shu jumladan, sement klinkeri (TIF TN kodi 2523) mavjud. 2019 yil 1 oktyabrdan sement chiqarib tashlanadi, biroq ushbu pozitsiyada imtiyozlar sement klinkeriga nisbatan saqlanib qoladi.

 

Mazkur holatda imtiyozlar asosiy qurilish materiallari, shu jumladan, sement klinkeri va asbest import qilinishida ishlab chiqaruvchi korхonalarga oʻzlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ham qoʻllanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.10.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.